Главная » 2017 » Январь » 12 » Rayhon: “Ozodbek Nazarbekov bilan duet kuylaganimdan afsuslanaman”
17:36

Rayhon: “Ozodbek Nazarbekov bilan duet kuylaganimdan afsuslanaman”


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva fevral oyida bo‘lib o‘tadigan konsert dasturiga qizg‘in ravishda tayyorgarlik ko‘rilayotganini bildirdi. Jumladan, xonanda yangi konsertda bir nechta yangi duetlar kuylanishi va ularning o‘tgan yilgi konsertlardagi duetlardan farqi haqida “Sayyod.com” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi

“Yubiley konsertimda bir nechta duet taronalar ijro etildi. Har bir blokdan duet taronalar o‘rin oldi. Biz shoshib ishladik. Shuning uchun ham duetlar xit darajasiga ko‘tarilmadi. Har bir konsertimdan so‘ng yo‘l qo‘yilgan xatolarni o‘rganaman va ularni kelgusi yillarda takrorlamaslikka urinaman. Xit bo‘lmagan duet taronalar bizning katta xatoimiz. Masalan, Ulug‘bek Rahmatullaev bilan kuylangan yangi yo‘nalishdagi duet kutilgan natijani bermadi. Qo‘shiq muxlislar tomonidan o‘ylaganimizdek yaxshi kutib olinmadi. 

Shuningdek, men O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov bilan kuylagan duetimdan ham afsuslanaman. Bu falsafiy ma’nodagi shunchaki bir qo‘shiq edi. Mana shunday buyuk san’atkor bilan shoshmashosharlik bilan qo‘shiq aytganman. Aslida, Ozodbek Nazarbekov bilan birga kuylashga arziydigan, haqiqiy ma’nodagi xit qo‘shiq bo‘lganidagina bu qo‘shiq kuylanishi kerak edi. U bilan kuylash uchun tayyorgarlik ko‘rishim lozim edi. ‘Mana bu qo‘shiqni kuylaymizmi, nima deysiz?’, deb so‘raganimda, balki Ozodbek Nazarbekov hurmat yuzasidan rozi bo‘lgandir. Biz qo‘shiqni ijro etdik, biroq  u xit darajasiga ko‘tarilmadi. 

Yangi konsertimda esa duetdoshlarim bilan kuylanadigan qo‘shiqlar shunchaki konsert uchun yaratilmayapti, ular keyinchalik ham sevib tinglanadigan taronalar bo‘lishiga umid qilamiz”—deydi Rayhon.   

Ma’lumot uchun, avvalroq Rayhon yangi konsertida Munisa Rizayeva, Ziyoda va qiziqchi Halima Ibragimova bilan duet kuylashini ma’lum qilgan edi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: ozodbek nazarbekov, Rayhon | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя