Главная » 2017 » Январь » 10 » Rayhon Shahzoda bilan munosabatlari ayni paytda qay darajada ekanligini aytdi
13:04

Rayhon Shahzoda bilan munosabatlari ayni paytda qay darajada ekanligini aytdi


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva va xonanda Shahzoda o‘rtasidagi munosabatlar ko‘pchilikni qiziqtiradi. O‘zbek estradasida har birining o‘z o‘rni va o‘z auditoriyasi bor. Ular bundan bir necha yil ilgari qalin dugona edi...

Rayhon jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda ayni paytda hamkasbi Shahzoda bilan munosabatlari qay darajada ekanligiga aniqlik kiritdi.  

“Shahzoda bilan munosabatlarimiz neytral. Men uni yaxshi san’atkor sifatida hurmat qilaman, yaxshi ko‘raman. 

Biz u bilan san’atga birga kirib kelganmiz. Hozirgi kunda uning ham, mening ham o‘z o‘rnimiz va muxlislarimiz bor. Men unga muxlislari bundan ham ko‘p bo‘lishini va ularning muhabbatini tilayman. Ijodi gurkirib-yashnashini istayman. Shahzodaga oilaviy hotirjamlik tilayman”,—deydi Rayhon. 

Shuningdek, xonanda Shahzoda bilan duet kuylashi mumkinligini ham bildirdi:

“Instagram`da bir qiz menga murojaat qilib, u saraton bilan kasallanganini va uning so‘nggi istagi men va Shahzoda ijrosidagi duetni tinglash ekanligini ma’lum qildi. Agar bu ma’lumot rost bo‘lsa va haqiqatdan ham saratonga chalingan shunday qiz bo‘lsa, men unga yordam berishga tayyorman va Shahzoda bilan duet ijro etish g‘oyasini ham qo‘llab-quvvatlayman”.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Rayhon, Shahzoda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя