Главная » 2017 » Январь » 10 » Rayhon sobiq turmush o‘rtog‘i Yigitalining to‘yiga bormasligini ma’lum qildi
13:00

Rayhon sobiq turmush o‘rtog‘i Yigitalining to‘yiga bormasligini ma’lum qildi


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva jurnalist Jasur Hamroyev bilan Facebook orqali jonli suhbatida sobiq turmush o‘rtog‘i Yigitali Mamajonov haqidagi savollarga ham javob berdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.

Rayhon hozirgi turmush o‘rtog‘i Farhod Alimov va farzandlari o‘rtasidagi munosabatlar do‘stona ekanligini aytib o‘tdi.

Farzandlarim otasini so‘raydi, albatta. Ular tez-tez ko‘rishib turadi. Bundan tashqari, men o‘zim Yigitalidan ular bilan tez-tez ko‘rishishini, muloqot qilishini so‘rayman. Har doim farzandlarimni otasini hurmat qilishga, sevishga o‘rgataman, chunki u o‘g‘illarimning otasi.

O‘g‘illarim hozirgi turmush o‘rtog‘im bilan ham do‘stona munosabatda. O‘z o‘rnida, men ham turmush o‘rtog‘imning farzandlari bilan yaxshi munosabatdaman, ular bilan do‘st tutinganman.

Rayhon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist

Rayhon suhbat davomida “Yigitali uylansa va to‘yiga taklif qilsa, borarmidingiz?”, degan savolga ham javob qaytardi.

Yigitaliga o‘ziga mos qizni uchratishini tilayman. Unga chin qalbimdan faqat baxt tilayman. To‘yga borishga kelsak, bu unga yoqadi, deb o‘ylamayman. Shuning uchun bormasam kerak.

Rayhon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist

Ma’lumot uchun, Rayhon va Yigitali 2012-yilda turmush qurgan, 2014-yilda esa egizak farzandli bo‘lgan. 2016-yil mayida Rayhon va Yigitalining nikohi rasman bekor qilingani ma’lum bo‘ldi. 2016-yil noyabrida Rayhon boshlovchi Farhod Alimovga turmushga chiqdi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Yigitali, Rayhon va Yigitali, Rayhon | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя