Главная » 2017 » Август » 24 » “Real” jamoasining yaqin tarixdagi mashhur futbolchisi qamalishi mumkin
16:54

“Real” jamoasining yaqin tarixdagi mashhur futbolchisi qamalishi mumkin


Madridning “Real” futbol klubi hamda Braziliya terma jamoalarining sobiq himoyachisi Roberto Karlos aliment pulini o‘z vaqtida to‘lamaganligi uchun qamoq jazosiga tortilishi mumkin.

Ma’lum bo‘lishicha, Brazilinyanig Rio-de-Janeyro shahri Adliya departamenti ikki nafar farzandiga aliment nafaqasini to‘lamaganligi uchun futbolchini uch oy qamoq jazosiga tortishni talab qilgan.

44 yoshli Roberto Karlos sobiq turmush o‘rtog‘i Barbara Turlerga 61 ming real (20 ming AQSh dollari) miqdorida aliment pulini to‘lamagan.

Futbolchining ushbu holatni moliyaviy qiyinchilik bilan izohlagan.

Ma’lumot o‘rnida, Roberto Karlosning 9 nafar farzandi bor. Yaqinda futbolchining oilasida Marina ismli qizaloq dunyoga keldi.

Akmalxon Eshonxonov

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Mashhur, futbolchisi, jamoasining, yaqin, qamalishi, mumkin, “Real”, tarixdagi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя