Главная » 2018 » Май » 1 » “Real Madrid” – finalda!
01:47

“Real Madrid” – finalda!


Evropa chempionlar ligasining yarim finalidan o‘rin olgan “Real Madrid” – “Bavariya” uchrashuvi yakuniga yetdi.

Keskin kurashlar va tezkor gol bilan boshlangan o‘yinda 2:2 hisobi qayd etildi. Ushbu natija esa “qirollik klubi”ni musobaqa finaliga chiqishi uchun yetarli bo‘ldi. Madridliklar Myunxendagi dastlabki bahsda 2:1 hisobida zafar quchishgandi.

Dastlab, Joshua Kimmix mezbonlar darvozasiga tezkor gol urdi. 3-daqiqaning o‘zida “Real” darvozasi ishg‘ol etildi. Ammo Benzema tezkor golga tezkor javob qaytardi.

Ikkinchi bo‘lim boshlanishida “Real” va Benzema “Bavariya” darvozabonining xatosidan unumli foydalanib hisobda oldinga chiqib oldi. 63-daqiqada Xames sobiq jamoasiga gol urib, uni nishonlamadi.

Shu tariqa, o‘yin durang bilan yakunlandi va “Real” ketma-ket uchinchi mavsum YeChL finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Madridliklar bundan avvalgi ikki finalda ham g‘olib chiqishgan edi.

EChL, yarim final. Javob bahsi.
Real Madrid” – “Bavariya” 2:2.
Gollar: Benzema (11, 46), – Kimmix (3) Xames (63).

“Real Madrid”: Navas, Ramos, Varan, Marselo, Modrich, Vaskes, Asensio, Kovachich (Kazemiro, 73), Kroos, Benzema (Beyl, 72), Ronaldu.

“Bavariya”: Ulrayx, Xummels, Zyule, Alaba, Tolisso (Vagner, 75), Kimmix, Xames (Martines, 84), Alkantara, Riberi, Levandovski, Myuller.

Ogohlantirishlar: Modrich (62), Vaskes (65), Kazemiro (87)

Dastlabki uchrashuv: 2:1.

Akmalxon Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Real Madrid, final | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя