Главная » 2020 » Март » 19 » “Real Madrid” sobiq Prezidenti koronavirus sabab o‘lim to‘shagida yotibdi
19:13

“Real Madrid” sobiq Prezidenti koronavirus sabab o‘lim to‘shagida yotibdi


Madridning “Real” klubi sobiq Prezidenti Lorenso Sans koronavirusga chalindi. Shu bois og‘ir ahvolda kasalxonaga olib kelingan. Ayni paytda u jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Bu haqda uning o‘g‘li Fernando Sans Twitter'dagi rasmiy sahifasida yozgan.

“Biz shifokorlar bilan suhbatlashdik. Ular menga otamning hayoti qil ustida turganini aytishdi. Koronavirus sabab otamning nafas olish tizimida muammo paydo bo‘lgan. Yana 24 soat kutishimiz kerak, ammo uning yoshini inobatga olsak, vaziyat murakkab. Eng yomoni, biz uning yonida bo‘lolmaymiz. 

Dada, biz sizni yaxshi ko‘ramiz. Yaqin orada yana birga bo‘lamiz. Siz kuchli bo‘lishingiz kerak. Doim oilamizni o‘zingiz bilan olib yurgansiz. Qaytib kelishingiz uchun kurashishda davom eting. Siz bizning qahramonimizsiz. Men sizni yaxshi ko‘raman", deb yozgan Fernando Sans Twitter'dagi rasmiy sahifasida.

Ma’lumot o‘rnida, Lorenso Sans 1995 yildan 2000 yilga qadar "Real Madrid" jamoasi Prezidenti lavozimida ishlagan.

Hozirga qadar dunyo bo‘ylab 227 761 kishi koronavirusni yuqtirib olgan. 9304 kishi esa ushbu kasallik oqibatida vafot etgan. 85 980 nafar inson kasallikni yengib o‘tib, butkul sog‘ayib ketgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя