Главная » 2018 » Май » 25 » “Real”ning shanba kungi Final o‘yini uchun tarkibni e’lon qildi
20:41

“Real”ning shanba kungi Final o‘yini uchun tarkibni e’lon qildi


26 may, shanba kuni Madridning “Real” klubi YeChL finalida “Liverpul”ga qarshi maydonga chiqadi.

“Qirollik klubi” bosh murabbiyi Zinedin Zidan final o‘yini uchun 24 futbolchini kiritganini klub Matbuot xizmati e’lon qildi.

Darvozabonlar: Keylor Navas, Kiko Kasilya, Luka Zidan.

Himoyachilar: Serxio Ramos, Dani Karvaxal, Nacho Fernandes, Marselo, Rafael Varan, Teo Ernandes, Xesus Valexo, Ashraf Hakimi.

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Kazemiro, Luka Modrich, Marko Asensio, Mateo Kovachich, Dani Sebalos, Markos Lorente, Isko Alarkon.

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu, Garet Beyl, Karim Benzema, Lukas Vaskes, Borxa Mayoral.


Ta’kidlash joizki, “Real” YeChL finalida 2014, 2016, 2017 yillar g‘olib chiqqan bo‘lib, shanba kungi o‘yin madridliklar uchun so‘nggi 4 yildagi 3-final hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, “Real” Madrid – “Liverpul” uchrashuvi 26 may kuni Kievda Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.

Akmalxon Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: kungi, final, real, uchun, Shanba, e’lon qildi, o‘yini, tarkib | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя