Главная » 2018 » Май » 27 » Real va Liverpul: “Real”dan xet-trik, Beyldan super dubl
08:43

Real va Liverpul: “Real”dan xet-trik, Beyldan super dubl


Bugun, 27 may kuni Yevropa Chempionlar ligasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Madridning “Real” klubi “Liverpul”ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib ketma-ket uchinchi marta YeChL g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

O‘yinning 30-daqiqasida “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh “Real” sardori Serxio Ramos bilan to‘qnashib yerga noto‘g‘ri quladi va yelkasidan jarohat olib maydonni ko‘z yoshlar bilan tark etdi.

Shuningdek, “Real” himoyachisi Daniel Karvaxal ham final uchrashuvini oxiriga qadar o‘ynay olmadi. Ispaniyalik futbolchi “Liverpul” himoyachisi Endryu Robertson bilan to‘qnashuvdan so‘ng jarohat olib, 36-daqiqada maydonni ko‘z yoshi bilan tark etdi.

51-daqiqada Karim Benzema “Liverpul” darvozabon Lorius Kariusning xatosidan so‘ng hisobni ochdi, oradan 4 daqiqa o‘tib senegallik hujumchi Sadio Mane Navas darvozasini ishg‘ol etdi.

Yarim himoyachi Isko 60 daqiqa yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, ammo g‘alabaga tashna bo‘lgan Zidan uning o‘rniga Garet Beylni maydonga tushirdi. Beyl final o‘yinida “Real”ning “sirli tayoqcha”si ekanligini 122 soniya o‘tib, fantastik goli bilan isbotladi.

Shundan so‘ng, 83-daqiqada “qirollik klubi” hujumchisi uzoq masofadan zarba yo‘lladi. Bu vaziyatda yana Karius qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishi natijasida “Liverpul” uchinchi golni ham o‘tkazib yubordi.

Shu tariqa, “Real” ketma-ket uchinchi mavsum ham Yevropa chempionlar ligasida g‘alaba qozonib, bu borada mutloq rekord o‘rnatdi.

“Real” muxlislarini bugungi unutilmas g‘alaba bilan tabriklab qolamiz!

EChL, final.
“Real Madrid” – “Liverpul” 3:1 (0:0, 3:1).
Gollar: Benzema (51), Beyl (64, 83), – 55 Mane (55).

“Real Madrid”: Navas, Varan, Marselo, Karvaxal (Nacho, 37), Ramos, Modrich, Kazemiro, Isko (Beyl, 61), Kroos, Ronaldu, Benzema (Asensio, 89).

“Liverpul”: Karius, Lovren, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Firmino, Veynaldum, Saloh (Lallana, 30), Milner (Jan, 83), Mane, Xenderson.

Ogohlantirishlar: Mane (82).

Akmalxon Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Liverpul, final, real | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя