Главная » 2018 » Май » 13 » “Rembo” qaytmoqda!
11:48

“Rembo” qaytmoqda!


Gollivudning veteran aktyorlaridan biri Silvestr Stallone beshinchi marta Rembo rolini ijro etadi, deya xabar bermoqda Mir24.tv nashri.

Filmning suratga olish ishlari sentabr oyida boshlanadi.

“Rembo: so‘nggi qon”da bosh rol ijrosidan tashqari 71 yoshni qarshilagan Stallone ssenariy muallifligi hamda rejissyorlikni ham o‘z qo‘liga oladi.

Syujet bo‘yicha, urush veterani Rembo o‘zining ranchosini tark etib, AQSh va Meksika chegarasini bosib o‘tadi. Bu yo‘lda u do‘stlaridan birining qizini jinoyatchilarning changalidan qutqaradi.

Shuningdek, Stallone “Krid: Rokkining merosi” filmining davomini ham suratga olish niyatida.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: qaytmoqda, REMBO | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя