Главная » 2020 » Апрель » 19 » Respublika maxsus komissiyasining yangi qarori kuchga kirdi. Unda nimalar belgilangan?
19:31

Respublika maxsus komissiyasining yangi qarori kuchga kirdi. Unda nimalar belgilangan?


O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq 2020 yil 18 apreldan e’tiboran koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish borasida bir qator o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Ushbu qarorda quyidagilar ko‘zda tutilgan:

1. Joylarda kiyim-kechak, xo‘jalik mollari, ko‘chatlar, urug‘lar kabi nooziq-ovqat buyumlar savdosi sayyor shaklda tashkil etish.

2. Strategik muhim yo‘nalishlari va yirik ishlab chiqarish tashkilotlari (ob’ektlar)ning faoliyat yuritishiga ruxsat beriladi. Hamda ularga xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlarining shaxsiy avtotransport vositalariga maxsus ruxsatnomalar rasmiylashtiriladi.

3. Yetkazib berish xizmatini ko‘rsatuvchi yo‘nalishsiz taksilar haydovchilari “maxsus kombenizon”, tibbiy qo‘lqop va maskalarda faoliyat olib boradi.

4. IIB, Milliy Gvardiya fuqarolarning karantin davrida joriy etilgan tartib va qoidalar hamda “o‘zini yakkalash“ hayot tarziga zid ravishda sababsiz uydan tashqariga chiqishini nazoratga oladi.

5. Xalqaro moliya tashkilotlari, shuningdek, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalarda ishlar davom ettirish (boshlash)ga hamda iqtisodiyot tarmoqlarining strategik muhim yo‘nalishlari va yirik ishlab chiqarish tashkilotlari (ob’ektlar)ning faoliyat yuritishga ruxsat berish.

6. Dehqon bozorlarida, yirik oziq-ovqat do‘konlarida ijtimoiy masofa (2 metr) saqlagan holda “zigzag“ tartibi, bozorga kirish “dezinfeksya tunneli“ va “sanitariya post“lari va dezinfeksiya guruhlari tashkil qilish.

Avvalroq, O‘zbekistonda kuchaytirilgan karantin choralari 10 mayga qadar uzaytirilgani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi.  Bugungacha kasallanganlarning 225 nafari davolangan, 5 nafari vafot etgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yangi qarori, kuchga kirdi, respublika, maxsus komissiyasining | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя