Главная » 2020 » Март » 1 » Rim Papasi koronavirusga chalingani haqidagi xabarlar rad etildi
18:43

Rim Papasi koronavirusga chalingani haqidagi xabarlar rad etildi


Vatikan matbuot xizmati Rim papasi Fransisk betobligi sabab, 1-mart kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarni bekor qilgani haqida xabar berdi. Ushbu ma’lumotdan so‘ng qator OAVlar Rim papasi Fransisk va uning ikki yordamchisi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgani haqidagi xabarlarni tarqatdi.

“Ehtimol Papa Fransisk koronavirus yuqtirib olgan. U bir necha kun oldin omma bilan qo‘l berib ko‘rishib chiqqan edi. U kasalligi tufayli rejalashtirilgan bir qancha uchrashuvlarni o‘tkazib yubordi”, — dedii Vatikan vakili Matteo Bruni.

Biroq, Vatikan matbuot xizmati ushbu ma’lumotni rad etdi. “Bu katta feyk”, — deyiladi axborotda.

Shu hafta boshida xizmat vaqtida papada shamollash alomatlari sezilgandi. 83 yoshli pontifik xizmat vaqtida yo‘talgan. Xizmatdan oldin Fransisk dindorlar bilan gaplashib, ularning qo‘lini siqqandi.


Manba: "daryo.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя