Главная » 2021 » Апрель » 18 » Ro‘zador kishi kunduzi yuvinishi mumkinmi?
09:57

Ro‘zador kishi kunduzi yuvinishi mumkinmi?


Ro‘zador kishi kunduz kunlari yuvinishi mumkinmi?

Bu savolga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati javob berdi:

- Bismillahir Rohmanir Rohim. Odamlar ichida ro‘zador kishi kunduz kuni yuvinishi haqida bir biriga mutlaqo zid ikki xil qarash bor:

1. Ro‘zador kishi kunduz kuni mutlaqo yuvinishi mumkin emas;

2. Kunduz kuni bemalol yuvinish mumkin.

Bu mavzuda so‘z boshlashdan avval, kunduz kuni ehtilom bo‘lib qolgan ro‘zador g‘usl qilishi vojibligi, albatta, yuvinishi shart ekanini ta’kidlaymiz va bu borada hech qanday ixtilof yo‘q. Bizning mavzumiz g‘usl qilishi vojib bo‘lmagan ro‘zadorning yuvinishi haqida bo‘ladi.

Bu mavzuda "Al-Fatovol hindiya" kitobida shunday deyiladi:

وَعَنْ أَبِي حَنِيفَةَ - رَحِمَهُ اللَّهُ تَعَالَى - أَنَّهُ يُكْرَهُ لِلصَّائِمِ الْمَضْمَضَةُ وَالِاسْتِنْشَاقُ بِغَيْرِ وُضُوءٍ وَكُرِهَ الِاغْتِسَالُ وَصَبُّ الْمَاءِ عَلَى الرَّأْسِ وَالِاسْتِنْقَاعُ فِي الْمَاءِ وَالتَّلَفُّفُ بِالثَّوْبِ الْمَبْلُولِ وَقَالَ أَبُويُوسُفَ : لَا يُكْرَهُ ، وَهُوَ الْأَظْهَرُ كَذَا فِي مُحِيطِ السَّرَخْسِيِّ .

ya’ni: "Abu Hanifa rahmatullohi alayhdan rivoyat qilinishicha, ro‘zador tahoratdan boshqa paytlarda og‘iz va burun chayishi makruhdir. Shuningdek g‘usl qilish (cho‘milish), boshiga suv qo‘yish, suvga sho‘ng‘ish, namlangan kiyimga o‘ranish ham makruhdir. Abu Yusuf rahmatullohi alayh aytadilar: "Yuqorida sanalgan ishlar makruh emas". Mana shu gap ustunroq, "Muhiti Saraxsiy" kitobida shunday kelgan".

Demak, jiddiy zarurat bo‘lmaganda tahoratdan boshqa paytlarda og‘iz va burun chayish, g‘usl qilish (cho‘milish), boshiga suv qo‘yish, suvga sho‘ng‘ish, namlangan kiyimga o‘ranish kabi ishlarni qilinmasa, bu ishlarni iftordan keyinga qoldirilsa,  Imom Abu Hanifa rahimahullohning so‘zlariga amal qilingan bo‘ladi.

Lekin, masalan,  kun qattiq isib ketganda va boshqa shu kabi holatlarda yuqoridagi ishlarni qilish zarurati tug‘ilsa va ibodatdan bezor bo‘lish ma’nosida emas, balki ibodatga yordam olish ma’nosida bu ishlarni qilinsa, Imom Abu Yusuf rahimahullohning so‘zlariga, keyingi ulamolar ustun ko‘rgan so‘zga amal qilingan bo‘ladi, makruh bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: yuvinishi, kunduzi, Ro‘zador, kishi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя