Главная » 2021 » Июль » 27 » “Roma”ning niyati jiddiy. Shomurodov uchun qancha summa taklif qilinmoqda?
23:51

“Roma”ning niyati jiddiy. Shomurodov uchun qancha summa taklif qilinmoqda?


Avvalroq O‘zbekiston terma jamoasi va Italiyaning “Jenoa” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov yaqin vaqt ichida Rimning “Roma” klubi safiga o‘tishi mumkinligi haqida yozgan edik.

Italiyadan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, rimliklar surxondaryolik hujumchi uchun yana taklif bilan chiqqan. 

“Calciomercato” nashriga ko‘ra, Rim klubi “Jenoa”ga O‘zbekiston milliy jamoasining 26 yoshli hujumchisi transferi uchun 15 million yevro taklif qilgan. Xabar qilinishicha, “Jenoa” Shomurodov transferidan 20 million yevro ishlab olmoqchi.

Qayd etilishicha, ikki tomonning bir-biriga berayotgan taklifi o‘rtasida juda katta farq mavjud emas va bu transfer amalga oshishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov 2020 yilda “Jenoa”ga Rossiyaning “Rostov”idan ko‘chib o‘tgan edi. O‘shanda hujumchining transfer narxi 7,5 million yevroni tashkil qilgan. Eldorning genuyaliklar bilan shartnomasi 2024 yil yozigacha mo‘ljallangan. 2020/2021 yilgi mavsumda 26 yoshli hujumchi Italiya A Seriyasida 31 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va bitta golli pas berdi. “Transfermarkt” internet-portali ayni damda Shomurodovni 7 million yevroga baholamoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: summa, Shomurodov, niyati, Roma | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя