Главная » 2021 » Октябрь » 31 » «Roma» Shomurodovning soxta akkaunti bo‘yicha bayonot berdi
12:54

«Roma» Shomurodovning soxta akkaunti bo‘yicha bayonot berdi


Italiyaning «Roma» jamoasi hujumchi Eldor Shomurodovning Tvitterdagi posti aslida futbolchiga tegishli emasligini aytib chiqdi.

Shomurodov nomidan yozilgan tvitda Avstraliyaning «Adelaida Yunayted» futbolchisining bir jinslilarga oid bahsli bayonoti qoralangan edi.

«Roma» klubining bayonotida Eldor Shomurodovga tegishliligi aytilgan akkaunt soxta ekani bildirilgan.

«Jamoa Eldor Shomurodovning Tvitterda akkaunti yo‘qligi va bo‘lmaganini e’lon qiladi. Ushbu tvit soxta akkauntdan yozilgan. U hech qanaqasiga futbolchining qarashini bildirmaydi», deyiladi bayonotda.

Ayni paytda ushbu akkaunt Tvitter tomonidan bloklangan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Roma, soxta, Shomurodov, Akkaunt | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя