Главная » 2018 » Январь » 24 » Ronaldu bugun o‘ynay oladimi yoki uning jarohati jiddiymi?
23:07

Ronaldu bugun o‘ynay oladimi yoki uning jarohati jiddiymi?


Madridning “Real” klubi bugun, 24 yanvar kuni Ispaniya kubogining chorak final bosqichida “Leganes” jamoasini qabul qiladi.

“Qirollik klubi” bosh murabbiyi Zineddin Zidan mazkur uchrashuvda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan 19 nafar futbolchi ro‘yxatini e’lon qildi.

Zidan “Deportivo”ga qarshi uchrashuv (7:1) da jarohat olgan Ronaldu xizmatidan foydalanmaslikka qaror qildi.

Portugaliyalik futbolchi jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etgan, lekin shunga qaramay Zidan Ronalduga dam berishni ma’qul deb bildi.

Uning jarohati u qadar jiddiy emas, ma’lumotlarga ko‘ra, Ronalduning qoshi yorilgandan so‘ng shifokorlar darhol jarohatni tikishgan.

Shuningdek, Garet Beyl va Toni Krooslar ham “qirollik klubi”ga mazkur bahsda yordam bera olishmaydi. Jamoa sardori Serxio Ramos bugungi uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan.

Demak, “Real”ning “Leganes”ga qarshi kengaytirilgan tarkibi bilan tanishishingiz mumkin:

Darvozabonlar: Navas, Kasilya, Moxa.

Himoyachilar: Karvaxal, Ramos, Varan, Nacho, Teo Ernandes, Ashraf Hakimi, Texero.

Yarim himoyachilar: Modrich, Kasemiro, Lorente, Isko, Asensio, Kovachich.

Hujumchilar: Lukas Vaskes, Borxa Mayoral, Karim Benzema.

Ma’lumot uchun, “Real Madrid” – “Leganes” o‘yini Toshkent vaqti bilan 25 yanvar kuniga o‘tar kechasi soat 01:30 da boshlanadi.

Akmalxon Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: real, Ranaldu | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя