Главная » 2021 » Октябрь » 31 » Ronaldu Drogbaning rekordini takrorladi
11:52

Ronaldu Drogbaning rekordini takrorladi


“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliya Premer ligasining 10-turidan o‘rin olgan “Tottenxem”ga qarshi o‘yinda (3:0) bitta gol urib, golli uzatmani amalga oshirdi va ushbu natija evaziga rekord qayd etdi.

Gap shundaki, portugaliyalik futbolchi bu natijani 36 yosh 267 kunlik bo‘lganida qayd etdi. U so‘nggi 7 yilda Premer liga o‘yinida gol+pas olgan eng keksa futbolchiga aylandi. Bunga qadar 2014 yilning dekabr oyida “Chelsi” futborlchisi Dide Drogba 36 yosh 267 kunlik bo‘lganida “Tottenxem”ga qarshi o‘yinda gol va assistni amalga oshirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu faoliyatida 11-marta “shporlar” darvozasini ishg‘ol qildi. 36 yoshli portugaliyalik futbolchi hech bir ingliz klubiga bu qadar ko‘p gol urmagan. Bundan tashqari, Krish ketma-ket 6 o‘yindan beri “Tottenxem”ga gol urib kelmoqda.

Ma’lumot uchun, g‘alaba evaziga o‘z hisobidagi ochkolar sonini 17 taga yetkazib olgan “Manchester Yunayted” turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Tottenxem” esa 15 ochko bilan 8-o‘rinni egallab turibdi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Ronaldu, Rekord, Drogba | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя