Главная » 2021 » Сентябрь » 20 » Ronaldu firibgarlikka uchragani ma’lum bo‘ldi
22:42

Ronaldu firibgarlikka uchragani ma’lum bo‘ldi


Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu turistik agentlik kompaniyasining ayol hodimi tomonidan firibgarlikka uchragani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Eurosport” nashri xabar berdi.

53 yoshli ayolning firibidan Ronaldudan tashqari Nani hamda agentlar Manuel Fernandesh va Xorxe Medesh ham jabr ko‘rgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 3 yildan ortiq vaqt davomida portugaliyalik hujumchi turistik kompaniyaning ayol xodimiga kredit kartalari va kodlarini ishonib topshirgan va shu tufayli, u aldanib qolgan. 2007 yilning fevralidan 2010 yilning iyuligacha Ronalduning MYU va “Real Madrid”ga qarshi o‘yinlari paytida, turistik agentlik uning nomidan 200 dan ortiq sayohatga buyurtma bergan, ammo futbolchi bu sayohatlarni amalga oshirmagan. Yetkazilgan zarar umumiy miqdorda 288 ming yevroni tashkil etgan.

Qayd etilishicha, ayol 2017 yilda jinoyat sodir etganlikda ayblanib, 4 yil muddatga qamoq jazosiga mahkum qilingan. “Marca” nashrining xabar berishicha, u qurbonlarga pulini qaytarib berishi lozim.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Firibgar, Ronaldu | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя