Главная » 2018 » Май » 7 » Ronaldu jarohat, Messi kartochka olgan “el-klasiko” tafsilotlari
10:53

Ronaldu jarohat, Messi kartochka olgan “el-klasiko” tafsilotlari


Ispaniya chempionatining 36-turidan o‘rin olgan “Barselona” – “Real” Madrid” o‘yini 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi.

O‘yinning debyuti mezbonlarga omadli keldi Serxi Roberto o‘ng qanotdan tezlik oldi va to‘pni jarima maydoniga tashlab berdi, u yerda Luis Suares to‘pga to‘xtatmasdan zarba berdi va jamoasini oldinga olib chiqdi.

14-daqiqada Toni Kroosdan uzatma qabul qilib olgan Karim Benzema to‘pni darvozabon maydonchasi tomon tashladi, u yerda Krishtianu Ronaldu bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qilib, muvozanatni tikladi.

Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Serxi Roberto Marseloga nisbatan qo‘pol o‘ynadi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi.

52-daqiqa o‘tib borayotgan bir vaqtda Luis Suares to‘pni Lionel Messiga uzatib berdi, argentinalik hujumchi esa raqib himoyachilarini aldab to‘pni Navas darvozasiga joylab qo‘ydi. Bu vaziyatda Suares to‘p uchun kurashda Varanga nisbatan qo‘pol o‘ynagandi, biroq hakam ushbu vaziyatga e’tibor qaratmadi.

72-daqiqada Garet Beyl Marko Asensioning uzatmasidan so‘ng jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba berdi va hisobni tenglashtirdi.

Shundan so‘ng ikki jamoada ham bir qator vaziyatlar bo‘ldi, biroq darvozalar boshqa ishg‘ol qilinmadi.

Shu tariqa, “Barselona” La Ligadagi mag‘lubiyatsiz seriyasini davm ettirdi.

“Real” esa 2-o‘rindagi “Atletiko”dan bitta kam o‘yin o‘tkazgan holda 3-o‘rinni egallab turibdi. Madrid jamoalarini 3 ochkolik farq ajratib turibdi.

Ispaniya chempionati, 36-tur.
“Barselona” – “Real Madrid” 2:2.
Gollar: Suares (10), Messi (52) – Ronaldu (14), Beyl (72).

“Barselona”: ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Koutino (Nelson Semedu, 46), Serdji Roberto, Buskets, Rakitich, Inesta (Paulino, 58), Messi, Suares (Pako Alkaser, 90).

“Real Madrid”: Navas, Varan, Marselo, Nacho (Vaskes, 68), Ramos, Modrich, Kazemiro, Kroos (Kovachich, 84), Beyl, Ronaldu (Asensio, 46), Benzema.

Ogohlantirishlar: Nacho (12), Varan (31), Suares (44), Ramos (44), Messi (45), Beyl (76), Marselo (77), Rakitich (85).

Chetlatish: Serxi Roberto (45).

Akmalxon Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Ronaldu, tafsilotlari, olgan, El-Klasiko, jarohat, messi, kartochka | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя