Главная » 2021 » Ноябрь » 9 » Ronaldu “Manchester Yunayted”ni tark etmoqchi
19:31

Ronaldu “Manchester Yunayted”ni tark etmoqchi


“Manchester Yunayted”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu joriy mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok eta olmasa, jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda “Sport Express” nashri xabar bermoqda.  

Xabarga ko‘ra, 36 yoshli portugaliyalik jamoaning Premer ligadagi so‘nggi natijalaridan qoniqmayapti. Agar, “qizil iblislar” Yevropa chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega chiqmasa, katta ehtimol bilan u Manchesterdan ketadi. Chunki portugaliyalik Yevropa ligasida o‘ynashni istamayapti. 

APLning 11-turidan keyin “Manchester Yunayted” Chempionlar ligasi yo‘llanmasini beruvchi o‘rinda joylashgan jamoadan  5 ochko ortda qolmoqda. Sulsher shogirdlari hisobida 17 ochko mavjud va ular turnir jadvalida 6-pog‘onani egallagan.

Joriy mavsumda Ronaldu 12 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 9 ta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: etmoqchi, ronaldo, Ronaldu, Manchester Yunayted, tark | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя