Главная » 2017 » Январь » 12 » Ronaldu Messidan arazladi
09:56

Ronaldu Messidan arazladi


Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisining taqdirlash marosimida "Barselona" futbolchilari ishtirok etmagani haqida fikr bildirdi.

"Messi meni tabriklab, SMS yo‘lladimi? Hazillashyapsizmi? Menda uning telefon raqami yo‘q.  Men uni o‘z vaqtida tabriklaganman. Ammo taqdimotga kelmasang, tabriklash ham mumkin bo‘lmaydi. U "Oltin to‘p" olganida tabriklaganman, ammo u bu safar kelmadi.

Men taqdimotda nafaqat Messi, balki "Barselona"ning barcha futbolchilari bo‘lishini istagan bo‘lardim. Ular chorshanba kuni muhim o‘yinda maydonga tushishi kerakligini tushunib turibman. Ammo baribir taqdimotga kelishlarini istagan bo‘lardim. Shaxsan o‘zim har doim klub talab qilgan ishni bajaraman.

Masalan, men "Oltin to‘p"ning barcha marosimlarida ishtirok etganman. Agar kelasi yillarda faqat nomzodim qo‘yilgan taqdirda ham, baribir kelaman", - deydi Ronaldu.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Ronaldu, arazladi, messi, real | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя