Главная » 2021 » Август » 18 » Ronaldu: “Ortiq jim turolmayman!”
15:11

Ronaldu: “Ortiq jim turolmayman!”


Italiyaning “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoadan ketib, “Real”ga qaytishi borasidagi barcha mish-mishlarga Instagram’dagi shaxsiy sahifasi orqali oydinlik kiritdi. O‘z bayonotida, Ronaldu klubni tark etmasligini ma’lum qilgan. 

“Meni yaxshi taniydiganlar ishimga qanday mas’uliyat bilan yondashishimni ham bilishadi. Faoliyatim boshidan buyon kamroq gapirib, ko‘proq ishlashga harakat qilib kelaman. Biroq, atrofimda har xil gaplar ko‘payib borayotgan bir vaqtda bu borada o‘z pozitsiyamni bildirsam.

Mening “Real”dagi tarixim ko‘plab sovrinlar, rekordlar va katta harflar bilan tarixga yozildi. Ularni “Santyago Bernabeu”da ko‘rishingiz mumkin. 9 yil davomida erishgan hurmatimni hozirgacha his qilaman. Haqiqiy “Real” muxlislari meni yuraklarida saqlab qolganlarini bilaman. 

Mening nomimni turli ligalardagi har xil klublar bilan bog‘lab chiqishmoqda va hech kim aslida haqiqat nimada ekanini surishtirgisi kelmaydi. Men ortiq jim turolmayman! Chunki nomimni har xil yolg‘on xabarlar bilan bog‘lashlariga yo‘l qo‘ya olmayman. Men doimgidek o‘z ishimga sho‘ng‘iganman va oldindagi barcha chorlovlarga tayyorman. Qolgan hammasi – shunchaki gap”, deb yozadi Ronaldu o‘z sahifasida.

Oxirgi vaqtlarda Karlo Anchelotti Ronalduni Madridga qaytarmoqchi ekani haqida xabarlar ko‘paydi. Shuningdek, Ronaldu PSJ va MYUga o‘tishi haqida gap-so‘zlar ham chiqib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu 2018 yilda “Real”dan “Yuventus”ga 100 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: ortiq, Jim, Ronaldu, turolmayman | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя