Главная » 2020 » Декабрь » 22 » Ronaldu orzusidagi mukofotga erishdi
23:17

Ronaldu orzusidagi mukofotga erishdi


Futbol tarixidagi oltin iz. Krishtianu Ronaldu sportdagi ajoyib yutuqlari uchun «Golden Foot» mukofotiga sazovor bo‘ldi, deya xabar berdi «Sports.ru».

G‘olibni butun dunyodagi muxlislar aniqlab berishdi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, «Yuventus» hujumchisi barchani, hatto, o‘zining azaliy raqibi Lionel Messini ham ortda qoldirdi. An’anaga ko‘ra g‘olib Chempionlar xiyobonida oyoqlarining izini qoldirdi.

«Bu men uchun sharaf. Bir kun kelib bu mukofotni olishni orzu qilardim. Agar tarixga nazar solsangiz, taqdirlanganlarning hammasi futbol afsonalari hisoblanadi. Men uni olganimdan xursandman, bunday mukofot muzeyimdagi birinchisi, men baxtiyorman», — dedi sportchi.

«Golden Foot» mukofoti 17 yildan beri o‘z egalariga topshirib kelinmoqda. Uni birinchi bo‘lib italiyalik mashhur hujumchi Roberto Bajo qo‘lga kiritgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: mukofotga, orzusidagi, Ronaldu, erishdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя