Главная » 2020 » Ноябрь » 21 » Ronaldu sobiq jamoasiga qaytish istagi borligiga ishora qilmoqda
22:19

Ronaldu sobiq jamoasiga qaytish istagi borligiga ishora qilmoqda


Italiyaning «Yuventus» klubi yetakchisi Krishtianu Ronaldu Madridning «Real» klubi bilan munosabatlarni tiklashga harakat qilmoqda. Bu haqda ispan nashrlari xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, «Real» dan ketganidan so‘ng u Marselodan tashqari barcha qaymoqranglilar bilan aloqani to‘xtatgandi. Ammo vaziyat o‘zgarmoqda, Ronaldu shu yilda El-Klasikoda sobiq jamoasini qo‘llash uchun Madridga keldi va ijtimoiy tarmoqlarda sobiq jamoadoshlari – Serxio Ramos, Luka Modrich va boshqalar bilan suratlarni yuklay boshladi.

«Bularning barchasi Krishtianuning Florentino Peres bilan murosaga borish, eski xafagarchiliklarni unutish va «Real»ga qaytish istagidan dalolat beradi», deb yozmoqda Marca nashri.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2018 yil yozida 9 yil davomida o‘ynagan «Real»ni tark etgandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: sobiq, ishora, qilmoqda, Ronaldu, jamoasiga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя