Главная » 2021 » Май » 14 » Ronaldu “Sporting”ga qaytadimi?
14:06

Ronaldu “Sporting”ga qaytadimi?


Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Lissabonning “Sporting” klubiga qaytishi mumkin. Bu haqda “Cuatro” xabar bergan.  

Manbaga ko‘ra, forvard Italiya jamoasi bilan shartnomani bekor qilishga va maoshini jiddiy ravishda qisqartirishga tayyor. 

Ronaldu 1997 yildan “Sporting”ning yoshlar jamoasida o‘ynagan va 2002 yilda asosiy tarkibda debyut qilgan. 

Lissabon klubi tarkibida u 31 uchrashuvda qatnashgan va beshta gol urgan. 2003 yilda forvard “Manchester Yunayted” bilan shartnoma imzolagan. 

Joriy mavsum Ronaldu Italiya chempionatida “Yuventus” safida 32 ta o‘yinda ishtirok etgan. Uning hisobida 28 gol va uchta golli pas bor. 

Hujumchining shartnomasi 2022 yilning yozigacha amal qiladi. Ma’lum bo‘lishicha, Turin klubi yuqori maoshi tufayli futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. 

Avvalroq, Ronaldu asosiy yulduzi Kilian Mbappeni yo‘qotishi mumkin bo‘lgan Fransiyaning “Pari Sen-Jermen”i yoki u 2003 yildan 2009 yilgacha o‘ynagan Angliyaning “Manchester Yunayted”iga o‘tishi mumkinligi haqida xabar bergandik. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Sporting, Ronaldu, qaytadimi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя