Главная » 2018 » Апрель » 26 » Ronaldu to‘xtadi
21:12

Ronaldu to‘xtadi


Avval xabar berib o‘tganimizdek, Madridning “Real” klubi YeChL yarim finalining dastlabki bahsida “Bavariya” ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi.

Gap shundaki, “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasi tarkibida 3 fevral kunidan beri o‘tgan o‘yinlarda ilk marta maydonni golsiz tark etdi.

Shunday qilib, Ronalduning 12 o‘yinlik samarali o‘yinlar seriyasi va chempionlar ligasidagi 11 o‘yinlik golli seriyasi yakunlandi.

Bundan tashqari, Ronaldu 2017 yilning fevral oyidan beri chempionlar ligasidagi o‘yinlarda raqiblari darvozasiga ilk marta to‘g‘ri zarba yo‘llay olmadi. Ronaldu bungacha ketma-ket 16 o‘yinda “Real” raqiblari darvozabonlariga xavft tug‘dirib kelayotgandi.

Shuningdek, Krishtianu Ronaldu Chempionlar “Bavariya”ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Bu esa portugaliyalik futbolchi uchun musobaqa tarixidagi 151-o‘yin bo‘ldi.

Natijada Ronaldu bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Barselona” sobiq yarimhimoyachisi Xavi bilan tenglashdi va u bilan birga 2-o‘rinda bormoqda. Chempionlar Ligasida eng ko‘p o‘yinni “Real” sobiq darvozaboni Iker Kasilyas o‘tkazgan – 167 ta.

Ronaldu yana bir ko‘rsatkichda chempionlar ligasi rekordchisiga aylandi. Jumladan, “Bavariya”ga qarshi o‘yindagi g‘alaba Krishtianu uchun musobaqadagi 96-g‘alaba sifatida qayd etildi. Portugaliyalik futbolchi bu borada sobiq jamoadoshi Iker Kasilyas (95) ni ortda qoldirib, YeChLda mutloq rekordchiga aylandi.

Akmalxon Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: to‘xtadi, Ronaldu | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя