Главная » 2017 » Август » 25 » “Ronaldudan qolishmayman” - Lionel Messi ham uchinchi farzandni kutmoqda
09:51

“Ronaldudan qolishmayman” - Lionel Messi ham uchinchi farzandni kutmoqda


  1. Barselona futbol jamoasining hujumchisi Lionel Messi oilasida yangi farzand dunyoga kelishi kutilmoqda.

    Ma’lum bo‘lishicha, argentinalik futbolchining rafiqasi hozirda homilador va Messi yaqinda uchinchi marta ota bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ladi.

    Argentinalik hujumchining hozircha Tyago hamda Mateo ismli farzandlari bor. Kutilayotgan farzandning jinsi haqida xabarlar keltirib o‘tilmagan.

    Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 iyul kuni Lionel Messi va Antonella Rokussolarning to‘y marosimlari bo‘lib o‘tgandi.

    Shuningdek, so‘nggi paytlarda Messining klubi bilan shartnomani uzaytirmaganligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

    Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining otasi bugun, 24 avgust kuni Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi rahbariyati bilan muzokara o‘tkazgan.

    Ma’lumot uchun, Messining bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar davom etadi.

Akmalxon Eshonxonov

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: farzandni, HAM, uchinchi, kutmoqda, “Ronaldudan qolishmayman” - Lionel | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя