Главная » 2020 » Ноябрь » 10 » Ronalduga yangi klub topishdi
23:27

Ronalduga yangi klub topishdi


«Pari Sen-Jermen» klubining sport ishlari bo‘yicha direktori Leonardo rahbariyatga «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotib olish istagi borligini ma’lum qildi. Bu haqda «RMC Sport» xabar berdi.

«Byankonerlar» o‘yinchi bilan xayrlashishga qaror qilgani haqidagi xabardan so‘ng futbolchiga yangi klub topishdi.

«Ehtimol, ertaga Krishtianu yana birorta joyda to‘p surish xohishi bilan uyg‘onar», — dedi Leonardo.

9-noyabr kuni Ronaldu 2021-yil yozda transferga qo‘yilishi haqidagi xabarlar tarqaldi. Ushbu qaror sabablaridan biri o‘yinchining yuqori maoshi hisoblanadi: yiliga taxminan 31 million yevroni tashkil etadi.

1-noyabr kuni Ronaldu koronavirusdan tuzalgandan so‘ng birinchi uchrashuvidayoq dubl qayd etdi. Portugaliyalik hujumchi Italiya chempionatining oltinchi turida «Spetsiya»ga qarshi kechgan safardagi o‘yinda ikkita gol urdi. Musobaqa 4:1 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi.

Ronaldu «Yuventus»ga 2018-yil yozda o‘tgan. Portugaliyalikning transferi turinliklar klubiga 100 million yevroga tushdi. Jamoa bilan birgalikda Ronaldu Italiya chempioni va mamlakat Superkubogi sohibi bo‘ldi. Forvardning klub bilan shartnomasi 2022-yil yozgacha amal qiladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: yangi klub, topishdi, Ronalduga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя