Главная » 2021 » Август » 27 » Ronalduni «MYu»ga o‘tishga kim ko‘ndirgani ma’lum bo‘ldi
20:26

Ronalduni «MYu»ga o‘tishga kim ko‘ndirgani ma’lum bo‘ldi


Ingliz matbuoti bugun asosan Krishtianu Ronaldu haqida yozmoqda. Uning «Manchester Yunayted»ga o‘tishi deyarli aniq bo‘lib turibdi.

Mahalliy nashrlarning xabar berishlaricha, Ronaldu afsonaviy murabbiy ser Aleks Fergyuson bilan ko‘rishib, gaplashgandan keyin sobiq jamoasiga qaytishga qaror qilgan.

Ayni paytda «Manchester Siti» Ronaldu bilan muzokaralardan bosh tortdi va o‘yindan chiqdi.

Italiyalik jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted» bilan kelishuvga erishganini yozgandi.

Ronaldu bugun «Yuventus»ni tark etgandi. Berbatov esa uning «MYu»ga qaytishini kutmayotgan edi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: MYU, Ronalduni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя