Главная » 2017 » Август » 23 » Ronalduning diskvalifikatsiyasi o‘z kuchida qoldi
12:03

Ronalduning diskvalifikatsiyasi o‘z kuchida qoldi


Avval xabar berganimizdek, Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Barselona”ga qarshi uchrashuv (3:1) da qizil kartochka olganidan so‘ng jahl ustida hakamni turtib ketgandi va Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF) Ronalduni maydonda qoidaga zid harakati uchun beshta o‘yinga diskvalifikatsiya qilgandi.

Real” klubi Krishtianu Ronalduning besh o‘yinlik diskvalifikatsiyasini qisqartirish ishini uddalay olmadi.

Ispaniya sport ishlari bo‘yo‘icha arbitraj sudi (TAD) madridliklarning appelyatsiyasiga rad javobini qaytargan va qarorni o‘z kuchida qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli hujumchi Ispaniya Superkubogi doirasida “Barselona”ga qarshi uchrashuv (3:1) da chetlatilganidan so‘ng, bosh hakam Rikardo Bengoecheani turtib yuborgandi.

5 o‘yinga chetlatilgan portugaliyalik futbolchi Ispaniya Superkubogining “Barselona”ga qarshi javob uchrashuvi (2:0) va Ispaniya chempionatining 1-turidan o‘rin olgan “Deportivo”ga qarshi uchrashuvi (3:0) ni o‘tkazib yubordi.

Bundan tashqari Ronaldu “Valensiya”, “Levante” va “Real Sosedad” jamoalariga qarshi uchrashuvlarda “Real”ga yordam bera olmaydi.

Akmalxon Eshonxonov

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: diskvalifikatsiyasi, o‘z, kuchida qoldi, Ronalduning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя