Главная » 2017 » Февраль » 7 » Rossiya armiyasi jangovar tayyorgarlik holatida
15:57

Rossiya armiyasi jangovar tayyorgarlik holatida


Bosh qo‘mondonning qaroriga ko‘ra Rossiya armiyasi Havo-kosmik kuchlarida (HKK) tekshirish ishlari boshlandi, deb ma’lum qiladi armiya generali Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri Sergey Shoygu. U bergan ma’lumotlarga ko‘ra, harbiy boshqarma organlari, qo‘shilmalar va harbiy qismlarda yuqori darajadagi jangovar tayyorgarlik holati tadbirlarini amalga oshirishga kirishildi.
 
“Tekshirish davomida jangovar navbatchilik, havo mudofaasi tizimlari holatiga alohida e’tibor qaratilib, aviatsiya guruhlarining havo hujumlarini qaytarishga tayyorgarlik holati tekshiriladi. Tekshiriluvchi barcha harbiy qismlar, bo‘linmalarda taktik o‘quv va nazorat mashg‘ulotlari o‘tkaziladi”, deydi Shoygu.
 
Shuningdek, u qurol va o‘q-dorilar tekshiruvi bo‘yicha davlat mulkiga ziyon yetkazilishini oldini olish hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaslik maqsadida xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha buyruq berdi.
 
Bosh qo‘mondon tomonidan qo‘yilgan talablarni bajarish uchun HKK bosh shtabida nazorat guruhlari tuzilishi rejalashtirildi.
 
Bundan tashqari, Shoygu o‘z muovinlari va harbiy boshqarma markaziy organlari rahbarlariga qo‘l ostidagilarning ishini tashkillashtirib, to‘satdan olib boriladigan tekshirish ishlari doirasida topshiriqlarning bajarilishi holatini nazorat qilishni buyurdi.    

Muhayyo Saidova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Rossiya armiyasi, jangovar tayyorgarlik, holatida | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя