Главная » 2020 » Февраль » 5 » Rossiya koronavirusga chalingan xorijliklarni deportatsiya qiladi
09:39

Rossiya koronavirusga chalingan xorijliklarni deportatsiya qiladi


Rossiyada yangi turdagi koronavirusga chalingan xorijliklar deportatsiya qilinishi mumkin.

Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin o‘rinbosarlari bilan o‘tgan tezkor yig‘ilishda ma'lum qildi. Mishustin hukumatning 31 yanvarda imzolagan qaroriga ko‘ra, 2019-nCoV koronavirusi odamlarga xavf soluvchi kasalliklar qatoriga kiritilgan.

Bosh vazirning ta'kidlashicha, u tomonidan virusning Rossiyada tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha milliy reja tasdiqlangan.

“Bu reja xorijiy fuqarolarda koronavirus aniqlansa ularni deportatsiya qilishga va maxsus cheklovlar, jumladan karantin yoki izolyatsiya kiritishga imkon beradi”, deb aytgan Mishustin.

Uning ta'kidlashicha, vaziyat nazorat ostida qolmoqda va Rossiyada yangi virusga qarshi kurashish uchun barcha zarur dori-darmon va vositalar yetarlicha miqdorda bor. 

“Xitoy fuqarolarining chegaramiz orqali harakatlanishi cheklandi. Xavfli virus aniqlangan bemorlar alohidalangan, shifokorlar ularga barcha zarur yordamni ko‘rsatmoqda”, deb ta'kidlab o‘tgan Mishustin.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, hozirda Xitoyda virus qurbonlari soni 425 nafarga yetdi, u bilan kasallanganlar soni esa 20438 nafarni tashkil qilmoqda.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя