Главная » 2020 » Февраль » 5 » Rossiya koronavirusga qarshi vaksina qachon tayyor bo‘lishini ma’lum qildi
20:16

Rossiya koronavirusga qarshi vaksina qachon tayyor bo‘lishini ma’lum qildi


Bugun, 5 fevral kuni Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko yangi koronavirusga qarshi vaksina necha oyda tayyor bo‘lishini ma’lum qildi. 

"Hozirgi kunda vaksinani yaratish jarayoni kop vaqt talab qiladi. Vaksina kamida 8 oydan 10 oygacha muddatda tayyor bo‘ladi", deydi Murashko.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 26 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qo‘shma Shtatlar, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal va Ispaniyada aniqlandi.

JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus qurbonlari soni  492, virusga chalinganlar esa 24552 nafarga yetdi. Bemorlarning 13 foizi yoki 3223 nafari og‘ir ahvolda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя