Главная » 2020 » Сентябрь » 26 » Rossiya mahsulotlarida koronavirus aniqlandi
11:37

Rossiya mahsulotlarida koronavirus aniqlandi


Xitoy bojxona idoralari Rossiyadan keltirilgan mahsulotlarning namunalari va ularning tashqi qadoqlarida koronavirusni topishdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Xitoy hukumati virusga test musbat chiqishi munosabati bilan Rossiya yuklarini tashiydigan ikki kemaning import deklaratsiyalarini qabul qilishni to‘rt haftaga to‘xtatib qo‘ydi. Ta’kidlanishicha, kemalar Xitoyga baliqchilik mahsulotlarini yetkazib berishi kerak edi.

Avvalroq Xitoyning Chanchun shahrida Rossiyadan import qilingan muzlatilgan dengiz mahsulotlari qadog‘ida koronavirus topilgani ma’lum bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, mahalliy kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi dastlabki test natijalarida infeksiya borligini tasdiqladi. Rasmiylar qadoqlar bilan aloqada bo‘lganlarning hammasini aniqlashdi. Ular shifokorlar nazoratiga olingan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: koronavirus aniqlandi, mahsulotlarida, Rossiya | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя