Главная » 2017 » Апрель » 3 » Rossiya metrosida portlash yuz berdi: qurbonlar bor
21:35

Rossiya metrosida portlash yuz berdi: qurbonlar bor


Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi metropolitenning "Texnologiya universiteti" bekatidagi vagonda portlash yuz berdi. Bu haqdagi xabarlar Rossiya OAV orqali tarqaldi.

Metro bekatlari vaqtincha yopildi, poezdlar harakati to‘xtatildi, yo‘lovchilar evakuatsiya qilinmoqda. "Interfaks" nashrining xabariga ko‘ra, portlash oqibatida 10 kishi qurbon bo‘lgan, 30 nafarga yaqin odam jarohat olgan.

Manbaning qayd etishicha, metroda ikkita portlash kuzatilgan. Hozircha voqeaning terakt ekani haqida aniq gap yo‘q.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: portlash, yuz berdi, Rossiya metrosi, qurbonlar bor | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя