Главная » 2021 » Апрель » 6 » Rossiya O‘zbekistonga 20 ta zamonaviy tez yordam mashinasini topshirdi
22:09

Rossiya O‘zbekistonga 20 ta zamonaviy tez yordam mashinasini topshirdi


Rossiya «Innoprom» ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekistonga 20 ta tez yordam mashinasini topshirdi. 

Ulardan 16 tasi «Sobol» yo‘ltanlamasi va 4 tasi esa «GAZel NEXT» mobil tibbiyot majmuasidir.

Ma’lum qilinishicha, «GAZel NEXT» mobil tibbiyot majmuasi sayyor tibbiy ko‘riklar, profilaktika, tashxish qo‘yish va davolash tadbirlari uchun mo‘ljallangan. Har bir mobil markaz bu deyarli ikkita to‘laqonli tibbiyot xonasidir. U yerda turli yo‘nalishdagi shifokorlar o‘z ishlarini olib borishlari mumkin.

Xonalar alohida kirish joyiga ega va alohida sanuzellar bilan jihozlangan.

Mashinalarni respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi buyurtmasiga asosan Gorkiy avtozavodi ishlab chiqargan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: topshirdi, zamonaviy, mashinasini, Rossiya, O‘zbekistonga, tez yordam | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя