Главная » 2020 » Декабрь » 12 » Rossiya o‘zining ikkinchi vaksinasi tayyor ekanligini ma’lum qildi
20:44

Rossiya o‘zining ikkinchi vaksinasi tayyor ekanligini ma’lum qildi


Rossiyaning “Vektor” markazi tomonidan ishlab chiqilgan “EpiVakKorona” vaksinasi foydalanish uchun tayyor. Bu haqda “Rospotrebnadzor” rahbari Anna Popova ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, vaksina Moskva, Sankt-Peterburg, Tula, Novosibirsk, Rostov-Donga yetkazib berilgan.

“Rospotrebnadzor” rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu mintaqalarni tanlashdan sabab Rostov, Tula, Novosibirsk viloyatlarida epidemiologik jarayon eng faol bo‘lganligi bilan belgilanadi. Uning ta’kidlashicha, “EpiVakKorona” +2 dan +8 darajagacha bo‘lgan haroratda saqlanishi mumkin. Bu esa uni hatto olis aholi punktlariga yetkazib berishga imkon beradi.

Popovaning ta’kidlashicha, avvalo, uzoq aholi punktlaridagi o‘qituvchilar, feldsherlar va shifokorlarni emlash kerak.

Ma’lum qilinishicha, yil oxiriga qadar 50 ming doza “EpiVakKorona” chiqarilishi rejalashtirilgan. Ulardan besh mingtasi tadqiqotga yuboriladi, qolganlari fuqarolik muomalasiga kiritiladi. Vaksinani ommaviy ravishda ishlab chiqarish 2021 yil boshlarida rejalashtirilgan.

Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi keng ko‘lamli emlash boshlanishini e’lon qilgan edi.

Keyinroq, Rossiya Hukumati COVID-19 ga qarshi keng ko‘lamli emlash boshlanganligini e’lon qildi. Moskvada 5 dekabrdan boshlab ayrim toifadagi aholi uchun emlash amalga oshirildi. Vaksinatsiya uchun Gamaleya tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Sputnik V” preparati qo‘llanildi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: tayyor, ma’lum qildi, vaksinasi, Rossiya | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя