Главная » 2020 » Октябрь » 31 » Rossiya qanday sharoitda Armanistonga yordam berishini ma’lum qildi
23:16

Rossiya qanday sharoitda Armanistonga yordam berishini ma’lum qildi


Agar to‘qnashuvlar to‘g‘ridan to‘g‘ri Armaniston hududiga o‘tkazilsa, Rossiya rasmiy Yerevanga yordam beradi. Bu haqda 31-oktabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qilgan murojaati munosabati bilan ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Shartnomaga muvofiq, to‘qnashuvlar to‘g‘ridan to‘g‘ri Armaniston hududiga o‘tkazilsa, Rossiya Yerevanga barcha kerakli yordamlarni taqdim etadi”, – deyiladi vazirlik xabarida.

Shu bilan birga, Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Armanistonga nisbatan ittifoqchilik majburiyatlariga, shu jumladan, ikki tomonlama do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlarga sodiqligini tasdiqladi.

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan 30-oktabr kuni Qorabog‘ga Rossiya tinchlikparvarlari kiritilishini yoqlab chiqqan edi. Shuningdek, Pashinyan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat qilib, xavfsizlikni ta’minlashda yordam ko‘rsatish bo‘yicha konsultatsiya boshlashni iltimos qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlar tinchlikka erishish uchun qilingan uchta urinishga qaramasdan, 27-sentabrdan buyon davom etmoqda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Armanistonga, sharoitda, yordam berishini, Rossiya, ma’lum qildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя