Главная » 2021 » Сентябрь » 26 » Rossiya qiruvchi samolyotlari AQSH bombardimonchilariga “yo‘lni ko‘rsatib yubordi”
18:36

Rossiya qiruvchi samolyotlari AQSH bombardimonchilariga “yo‘lni ko‘rsatib yubordi”


Rossiyaning uchta Su-35S qiruvchi samolyoti mamlakat havo hududiga yaqinlashgan AQSH havo kuchlarining V-52N strategik bombardimonchi samolyotini Tinch okeani uzra kuzatib qo‘ydi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Mudofaani boshqarish milliy markazi jurnalistlarga xabar berdi.

Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, bugun, 26 sentyabr kuni Sharqiy harbiy okrug havo hujumidan mudofaa kuchlarining radar uskunalari Tinch okeani ustidan Rossiya havo hududi chegarasiga yaqinlashgan havo nishonini aniqlagan.

“Chet el samolyotlarini tasniflash va kuzatib borish uchun Sharqiy harbiy okrug havo hujumidan mudofaa kuchlarining uchta Su-35S qiruvchi samolyoti havoga ko‘tarildi. Rossiya Aerokosmik kuchlari jangchilarining ekipajlari havo nishonini AQSH Harbiy-havo kuchlarining V-52N strategik bombardimonchisi, deb topdi va uni Tinch okeani bo‘ylab kuzatib qo‘ydi. Rossiya Federatsiyasi davlat chegarasining buzilishi hamda  samolyotlarning xavfli darajada yaqinlashishiga yo‘l qo‘yilmadi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, AQSH Harbiy havo kuchlari samolyoti mamlakat havo hududi chegarasidan uzoqlashganidan so‘ng, Su-35S qiruvchi samolyotlari ekipajlari o‘z aerodromlariga qaytishgan.

“Rossiya qiruvchilarining parvozi havo maydonidan foydalanishning xalqaro qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirildi”, deyiladi markaz xabarida.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: samolyotlari, bombardimon, qiruvchi, Rossiya | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя