Главная » 2021 » Март » 24 » Rossiya rubli yangilanadi
10:52

Rossiya rubli yangilanadi


Rossiya rubllari dizayni yangilanadi. Bu haqda «Vesti» xabar bermoqda.

Banknotalarni yangilash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, deyiladi xabarda. Kelgusi yildan yangilangan 100 rubl, 2023-yildan 1000 va 5000 nominalli kupyuralar chiqariladi.

Rossiya Markaziy bankiga ko‘ra, jami olti nominaldagi qog‘oz pul dizayni o‘zgartirilib, hammasi 200 va 2000 rubllik pullarga o‘xshash stilga keltiriladi.

Kupyuralarning nafaqat ranglari, balki ulardagi shaharlar, yodgorliklar, binolar tasvirlari ham o‘zgaradi. Ammo o‘zgarishga undagan narsa faqat tashqi ko‘rinish emas.

Pullardagi suv belgilaridan iborat himoya tizimini takomillashtirish taqozo qilinyapti. Ular so‘nggi marotaba yangilanganiga 10 yildan oshgan.

Rossiya Markaziy bankiga ko‘ra, eski namunadagi rubllar 2035-yilgacha muomalada qoladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Rossiya, yangilanadi, rubli | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя