Главная » 2018 » Апрель » 14 » Rossiya yetakchi davlatlarni ogohlantirdi
16:14

Rossiya yetakchi davlatlarni ogohlantirdi



AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniya harbiy kaolisiyasi Suriya hukumatiga qarshi urush boshlaganini xabar qilgan edik.

Ta’kidlash kerakki, ushbu kaolisiya o‘tgan hafta Suriyaning Sharqiy G‘uta vohasidagi Duma shaharchasida hukumat tomonidan kimyoviy qurollar qo‘llanishida Rossiyaning “qo‘li bor”, deb ta’kidlab kelmoqda.

Bunga javoban Rossiya Federatsiyasining AQShdagi elchixonasi rasmiy bayonot bilan chiqdi. Bu haqda elchixonaning Facebook’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

Jumladan, bayonotda elchi Anatoliy Antonov AQSh boshchiligidagi kaolisiya asossiz ravishda Rossiyani ayblayotganini ma’lum qilgan.

Antonov Suriyadagi “kimyoviy qurol” masalasini sahnalashtirilgan ssenariy, deb atagan. Bundan tashqari, u mazkur uch mamlakatning xatti-harakatini “Rossiya Prezidentini haqorat qilish”, deb qabul qilinganini bildirgan.

Shuningdek, elchi Rossiyaga nisbatan bunday harakatlar javobsiz qolmasligi bilan ogohlantirgan.

Ikrom Rahmon


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ogohlantirdi, davlatlar, Rossiya, yetakchi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя