Главная » 2018 » Апрель » 19 » Rossiyada alkogol va tamaki iste’mol qilganlar jazoga tortiladi
09:50

Rossiyada alkogol va tamaki iste’mol qilganlar jazoga tortiladi


Rossiyaning Leningrad oblasti Qonunchilik kengashi homiladorlik vaqtida spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini, shuningdek, giyohvand moddalarni iste’mol qilganlarga qattiq jazo choralarini ishlab chiqmoqda. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, deputatlar turli savdo ob’ektlarida homiladorlarga ushbu mahsulotlarni sotganlarga nisbatan 1 mln rubl miqdorida jarima qo‘llashni ilgari surishmoqda.

Alkogol, tamaki va giyohvand moddalarni hamiladorlik vaqtida iste’mol qilganlarni esa 4-5 ming rubl miqdorida jarimaga tortish ko‘zda tutilmoqda.

Duputatlar, shuningdek, agar sotuvchi ayolning hamladorligiga shubha qilsa, undan bu haqda tegishli hujjatlarni so‘rash huquqiga ega bo‘lishini ta’kidlashmoqda.

Mazkur qonun loyihasi katta ehtimol bilan qabul qilinib, amaliyotga tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan.

Ikrom Rahmon


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: qilganlar, alkogol, iste’mol, tamaki, Rossiya, jazoga tortiladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя