Главная » 2017 » Август » 23 » Rossiyada birinchi qor kutilmoqda
11:48

Rossiyada birinchi qor kutilmoqda


Yozning so‘nggi dam olish kunlarida Rossiyada ilk qor yog‘ishi kutilmoqda. “Faol bo‘lmagan siklon Baltika tumanida avj olib, markaziy tumanlarga sovuq haroratni tarqatadi”, deydi Gidrometeorologiya markazi laboratoriya mudiri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, payshanba kunidan boshlab harorat pasayishni boshlaydi. Moskvada 16-21 darajalik iliq harorat saqlanib qoladi, kechasi harorat +6...+11 darajagacha tushadi.

Dam olish kunlari Buryatiya tog‘larida ertalab va kechqurun nam qor yog‘ishi hamda harorat 0 darajagacha tushib ketishi kutilmoqda. Krasnoyarsk va Boyko‘l tumanlarida ham havo harorati tushib ketadi. Rossiyaning ko‘plab hududlarida yozning so‘nggi kunlarida yomg‘irli ob-havo kuzatiladi.

Durdona Rasulova

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Rossiyada, qor kutilmoqda, birinchi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя