Главная » 2020 » Май » 23 » Rossiyada COVID-19 vaksinasi odamlarda sinovdan o‘tkazildi
09:58

Rossiyada COVID-19 vaksinasi odamlarda sinovdan o‘tkazildi


Rossiya Federasiyasining N.F.Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqotlar markazi mutaxassislari yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinasini sinab ko‘rdi va tajriba muvaffaqiyatli o‘tdi.  

Olimlarning ma’lum qilishicha, tajribada uni ishlab chiqqan, klinik tadqiqotlargacha ishlarni tashkil etgan insonlar, texnologlar ishtirok etishgan va ularda immunitet saqlanib qolgan, hech qanday salbiy ta’sirlar aniqlanmagan. Markaz direktorining so‘zlariga ko‘ra, vaksina sinab ko‘rilgandan so‘ng, barcha ixtirochilar “tirik, sog‘lom va baxtli”.

Hozirda vaksina klinik sinovgacha davrning yakuniy bosqichida va primatlarda qo‘shimcha tekshirilmoqda. Tekshirishlar natijasi olinganidan so‘ng klinik tadqiqot uchun Sog‘liqni saqlash vazirligining ruxsati talab etiladi va shundan keyin ko‘ngillilarda sinov boshlanadi.  

Vaksinaning klinik sinovlarini yoz oxirigacha yakunlash rejalashtirilmoqda.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: o‘tkazildi, covid-19, Rossiyada, sinovdan, vaksinasi, odamlarda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя