Главная » 2020 » Апрель » 13 » Rossiyada koronavirus bo‘yicha vaziyat og‘irlashdi — Putin
22:42

Rossiyada koronavirus bo‘yicha vaziyat og‘irlashdi — Putin


Rossiyada koronavirus bo‘yicha vaziyat kundan-kunga o‘zgarib boryapti va bu yaxshi tomonga emas. Epidemiologik holat bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda prezident Vladimir Putin buni ta’kidlab o‘tdi, deb xabar berdi «RIA Novosti».

«Kasallanayotgan odamlar soni ko‘paymoqda, kasallikning og‘ir shakli tobora ko‘p uchrayapti», — dedi Putin.

«Keyingi haftalar hal qiluvchi bo‘lishi mumkin. Demakki, bizning barcha sa’y-harakatlarimiz: joylardagi profilaktik choralar, butun sog‘liqni saqlash tizimi faoliyati yuqori darajada, barcha omillarni hisobga olgan holda zaxirasi bilan tashkil etilishi lozim», — dedi prezident.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusni yuqtirish bo‘yicha 18 328 ta holat aniqlangan (shundan 11 513 tasi — Moskvada), 148 kishi vafot etgan, 1470 nafar bemor sog‘ayib ketgan.


Manba: "xabar.uz"
| Теги: Rossiyada, vaziyat og‘irlashdi, Putin, Koronavirus | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя