Главная » 2020 » Май » 31 » Rossiyada koronavirusdan birinchi dori qo‘llash uchun ma'qullandi. U iyundan shifoxonalarga tarqatiladi
09:12

Rossiyada koronavirusdan birinchi dori qo‘llash uchun ma'qullandi. U iyundan shifoxonalarga tarqatiladi


Rossiyada koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan birinchi dori - “Avifavir” Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ma'qkullandi. U 11 iyundan Rossiya shifoxonalariga tarqatiladi.      

Ushbu dori vositasi Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ivestitsiyalar jamg‘armasi va “XimRar” kompaniyalari guruhi tomonidan Yaponiyaning “Favipiravir” dorisi negizida ishlab chiqilgan.   

Biroq “Avifavir”ning tadqiqotlari yoz oxirigacha davom etadi. U shifoxonalarga shartnomalar bo‘yicha tarqatiladi va erkin savdoga chiqarilmaydi.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, Rossiyada hozirgacha koronavirusni davolash uchun maxsus dorilar yo‘q edi. Asosan immun tizimi javobini chaqiruvchi dorilar, misol uchun bezgak yoki artritga qarshi qo‘llanuvchi gidroksixloroxinning aminoxinolin hosilalaridan foydalanilgan.

“Favipiravir” esa aynan RNK-saqlovchi viruslar chaqiruvchi yuqumli kasalliklarni davolash uchun ishlab chiqilgan. U gripp viruslari, jumladan parranda grippiga qarshi samarali ekanini ko‘rsatgan. Dori viruslar tarqalishini bloklaydi. 

Ta'kidlanishicha, “Avifavir”ning koronavirusga qarshi samaradorligi 80 foizdan ko‘proqni tashkil qiladi, biroq Yaponiyada “Favipiravir”ning samaradorligini isbotlay olmay, uning qo‘llanishi qoldirilgan.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: koronavirusdan, Rossiyada, tarqatiladi, ma'qullandi, shifoxonalarga, qo‘llash, dori | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя