Главная » 2020 » Февраль » 11 » Rossiyada koronavirusdan tuzalgan talaba qizga uyga javob berildi
19:42

Rossiyada koronavirusdan tuzalgan talaba qizga uyga javob berildi


Rossiyaning Tyumen shahrida 2019-nCoV yangi turdagi koronavirusdan tuzalgan talaba qizga uyga javob berildi. Bu haqda “RBK” xabar berdi aboratoriya tekshiruvlari qizning butunlay sog‘ayganini ko‘rsatgan.

Bemor qiz bilan muloqotda bo‘lgan boshqa talabalarda virus aniqlanmagan. Ularga ham karantindan so‘ng uyga ruxsat beriladi, deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, qizda kasallik yengil kechgan.

31-yanvar, juma kuni, Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikovaning ma’lum qilishicha, virus Baykalorti o‘lkasi va Tyumen viloyatida bo‘lgan Xitoyning ikki fuqarosida aniqlangani haqida ma'lumot bergan edi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Rossiyada 20 ming nafar odam hali ham koronavirus yuqtirib olganlik gumoni bilan mutaxassislar nazoratida bo‘lib turibdi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 5.0/1

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя