Главная » 2020 » Март » 28 » Rossiyada koronavirusni davolaydigan dori tayyorlangani ma'lum qilindi
19:32

Rossiyada koronavirusni davolaydigan dori tayyorlangani ma'lum qilindi


Qayd etilishicha, "Farmzashchita" ilmiy-ishlab chiqarish markazi xitoy va fransuz tajribasini hisobga olgan holda davolash sxemasini ishlab chiqqan.
Rossiya tibbiy-biologik federal agentligi koronavirus infeksiyasini davolash uchun bezgakka qarshi dori vositasi asosida tayyorlangan dorini taqdim etdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda qayd etilishicha, "Farmzashchita" ilmiy-ishlab chiqarish markazi xitoy va fransuz tajribasini hisobga olgan holda davolash sxemasini ishlab chiqqan.
"Yuqori darajadagi selektivlikka ega bo‘lgan dori vositasi koronavirusning hujayralardagi tsitopatik ta'sirini to‘xtatadi va uning qayta tiklanishiga to‘sqinlik qiladi, mefloxinning immunosupressiv ta'siri esa virus chaqirgan shamollash kuchayishiga to‘siq qo‘yadi", — dedi agentlik rahbari Veronika  Skvorsova.
U mazkur dori vositasi koronavirusga chalingan bemorlarning samarali davolanishini ta'minlashini ta'kidladi.
Ushbu ishlanmani Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining uslubiy tavsiyanomalariga kiritish taklif qilinmoqda.

Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя