Главная » 2018 » Апрель » 23 » Rossiyada nimalar bo‘lmoqda? Telegram ortidan Google ham bloklandi
17:37

Rossiyada nimalar bo‘lmoqda? Telegram ortidan Google ham bloklandi


Kecha, 22 aprel kuni Aloqa nazorati bo‘yicha Rossiya federal xizmati Google’ni bloklab qo‘ydi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Rossiya hududida Google’dagi bir nechta IP manzillar orqali Telegram’dan foydalanish mumkin. Google esa bunga yo‘l qo‘yib bermoqda.

Aynan mana shu sabab Aloqa nazorati bo‘yicha Rossiya federal xizmati Google’ni ham Rossiya hududida ta’qiqlab qo‘ygan.

Google kompaniyasi, o‘z navbatida, ba’zi foydalanuvchilarda korporatsiya xizmatlarining bir qismiga kirish imkoni saqlanib qolgani bois shunday vaziyat yuzaga kelganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Rossiyaning bir nechta hududlarida internet erkinligini talab qilib, odamlar namoyish o‘tkazganini xabar bergan edik.

Ikrom Rahmon


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ortidan, nimalar bo‘lmoqda, Telegram, ham bloklandi, Rossiya, Google | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя