Главная » 2020 » Ноябрь » 2 » Rossiyada o‘rmonda yashayotgan o‘zbek bola topildi
08:29

Rossiyada o‘rmonda yashayotgan o‘zbek bola topildi


Rossiyaning Moskva viloyatidagi Balaxish o‘rmonida bir necha oydan buyon otasi bilan yashayotgan bola topildi. Uning otasi o‘zbek ekanligi aniqlangan. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi mazkur holatga izoh berdi. Bu haqda “Life” ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, bola otasi bilan o‘rmondagi tuman vasiylik va ichki ishlar bo‘limlariga biriktirilgan uysizlar lagerida yashaydi. Shuningdek, bolaning otasi O‘zbekiston fuqarosi ekanligi aniqlangan. Qayd etilishicha, elchixona u va otasining shaxsini aniqlashda hamda O‘zbekistonga qaytish uchun guvohnomani berishda yordam berishini ma’lum qilgan.

Yetti yashar bola bolalar maydonchasida tengdoshlari bilan o‘ynash maqsadida borgan vaqtida ko‘ringan. Aniqlanishicha, bola uysizlar yonidagi o‘rmon kulbasida yashaydi. Ular bolani kichkina Maugli deb atashadi. Ta’kidlanishicha, bola uysizlar lagerida tug‘ilib, o‘sha yerda o‘smoqda. Uning otasi O‘zbekistonda tug‘ilgan, onasi esa ukrainalik, yaqinda yurak xastaligidan vafot etgan. 

Hozirda u bolalar uyiga joylashtirilgan.

Bolaning otasiga o‘g‘lini ko‘rishga ruxsat berilgan. Shuningdek, u farzandini olib keta olishi uchun turar-joy va ish ham taklif qilishgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: o‘rmonda, Rossiyada, topildi, yashayotgan, o‘zbek bola | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя