Главная » 2021 » Январь » 31 » Rossiyada o‘zbekistonlik migrant ayanchli halok bo‘ldi
21:15

Rossiyada o‘zbekistonlik migrant ayanchli halok bo‘ldi


Kecha, 30 yanvar kuni Rossiyaning Tver viloyati Kalinin tumanida qurilishda ishlovchi O‘zbekiston fuqarosi baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 23 yoshli o‘zbekistonlik quruvchi 7-qavatdan tushib ketgan. Natijada og‘ir jarohat olib, hodisa joyida vafot etgan. 

Kalinin tumanlararo tergov bo‘linmasi uning o‘limi bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshlagan.

Hodisa yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Qurilish maydonida bo‘lgan odamlar so‘roq qilingan va kuzatuv kameralaridagi yozuvlar olingan.

Qayd etilishicha, o‘rganish natijalariga ko‘ra, protsessual qaror qabul qilinadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: halok bo‘ldi, o‘zbekistonlik, Migrant, ayanchli, Rossiyada | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя